Oriental University — Header

KOREYA UNIVERSITETI BILAN ILMIY HAMKORLIK SARI!

Oriental universitetiga Janubiy Koreyaning Dongduk Ayollar universiteti (Dongduk Women’s University) Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i, doktor Shin Ha-Gyun hamda Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti Sharq tadqiqotlari kafedrasi professori, doktor Chun Byong-Soon tashrif buyurishdi. Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — Oriental universiteti faoliyati, uning ta’lim tizimi, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari hamda innovatsion salohiyati bilan yaqindan tanishish shuningdek, xalqaro akademik hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilashdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro tajriba almashinuvi, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashuvi dasturlari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va xalqaro loyihalarni amalga oshirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Shuningdek, kelajakda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qo‘shma konferensiyalar, ilmiy seminarlar va madaniy almashinuv tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha ham aniq takliflar ilgari surildi. Mazkur uchrashuv Oriental universitetining xalqaro aloqalar tarmog‘ini yanada kengaytirish, xorijiy oliygohlar bilan ilmiy va madaniy integratsiyani mustahkamlash sari qo‘yilgan muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etildi.

ORIENTAL Matbuot xizmati