Oriental University — Header

Korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi bosqich: Oriental universitetida muhim uchrashuv

Xabaringiz bor, joriy yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy Kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim tadbirda korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashish va ochiqlikni ta’minlash yo‘nalishida muhim vazifalar belgilab berildi. Bugun esa Oriental universitetida ushbu vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi samarali choralar, odil va shaffof muhitni yaratish hamda universitetda ushbu illatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha muhim fikr-mulohazalar almashildi. Ushbu uchrashuv shunchaki rasmiy yig‘ilish emas, balki samimiy suhbat, fikr almashish va adolat sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi.