
RECEP TAYYIP ERDO‘G‘AN UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI!
Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida muhim bosqichga erishildi — Oriental universiteti hamda Turkiyaning Recep Tayyip Erdo‘g‘an davlat universiteti o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot tashabbuslarini kengaytirish hamda o‘zaro aloqalarni mustahkamlashni maqsad qilgan.
Mazkur xalqaro hamkorlik doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar belgilab olindi:
▫️ Talabalar uchun akademik mobillikni ta’minlash;
▫️ Universitet professor-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli, maqsadli malaka oshirish dasturlarini joriy etish;
▫️ O‘zaro kelishilgan mavzular doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish;
▫️ Axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi ta’lim dasturlarini takomillashtirish;
▫️ Tabiiy fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini rivojlantirish;
▫️ Psixologiya yo‘nalishidagi akademik dasturlarni kengaytirish;
▫️ Qadimgi dunyo tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
▫️ Akademik almashinuv va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama xalqaro konferensiyalar tashkil etish.






Mazkur memorandum uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun mustahkam poydevor bo‘lib, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun akademik imkoniyatlarni kengaytirish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamda global akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.


