
KARABÜK UNIVERSITETI BILAN XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA!
Oriental universiteti talabalari tomonidan Turkiyaning Karabük universitetida o‘tkazilgan amaliyotlar muvaffaqiyatli yakunlanib, talabalar yurtimizga qaytib keldilar. Mazkur amaliyot dasturi ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali natijalaridan biri bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, amaliyot jarayonlari yakunlari asosida Oriental universiteti va Karabük universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Tomonlar o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi. Imzolangan memorandumga muvofiq, 2024–2025-o‘quv yilidan boshlab Oriental universitetining Turizm va Tarix fakulteti talabalari uchun Karabük universitetida bir semestr davomida ta’lim olish imkoniyati yaratiladi. Ushbu tashabbus talabalar uchun xalqaro akademik tajriba orttirish, bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. Shuningdek, tomonlar 2024–2025-o‘quv yillari davomida ikki universitet talabalari ishtirokida “Yoshlar simpoziumi”ni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Mazkur simpozium yoshlar o‘rtasida ilmiy muloqot, tajriba almashish va do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.






Teglar:Xalqaro Hamkorlik, yangiliklar


