Oriental University — Header

Universitet Ilmiy kengashi muhim masalalarni muhokama qildi

Universitet rektori, prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirokida tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda 2023-2024-o‘quv yillari natijalari sarhisob qilinmoqda hamda universitet oldida turgan dolzarb masalalar yuzasidan mas’ullarning maʼruzalari tinglandi.

Kengash majlisida universitet oldida turgan quyidagi dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi:

🔵  Universitetning o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida;
🔵 Talabalar murojaati hamda anonim so‘rovnomalar tahlili;
🔵 Ilmiy unvonga tavsiya etish haqida;
🔵 Tavsiya etilgan darslik,  monografiya, o‘quv qo‘llanma,  metodik qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatmalarni nashrga tasdiqlash to‘g‘risida;
🔵 Barsha fakultet dekanlarining yillik hisoboti;
🔵 Universitet xotin-qizlar kengashi hisoboti;
🔵2024-2025-o‘quv yillarini samarali tadhkil etish to‘g‘risida.