Oriental University — Header

Muddatidan avval talabalikka qabul qilingan abituriyentlar

Bugun Oriental universitetida tashkil etilgan O‘quv kurslarida tahsil olgan abituriyentlar muddatidan avval talabalikka qabul qilindi.

O‘quv kurslarida abituriyentlar yorugʻ, shinam va zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan auditoriyalarda mahoratli va tajribali ustozlardan arab tili, ingliz tili hamda tarix fanlaridan 7 oy mobaynida mustahkam bilim oldilar.
                                       

Oʻquv kursi yakunida sinov imtihonidan yuqori ballarga ega boʻlgan abituriyentlar muddatidan avval Oriental universiteti talabalari safidan oʻrin egalladilar.

Talabalik baxtiga erishgan iqtidorli yoshlarni samimiy muborakbod etamiz!