Oriental University — Header

Oriental dunyoga yuz tutmoqda

Oriental universitetining tashkil etilganiga endigina 3 yil toʻlgan boʻlsa-da, bu oliy taʼlim dargohi xalqaro hamkorlik doirasida dunyodagi eng nufuzli TOP-500 va TOP-1000 talikka kirgan universitetlar bilan oʻzaro hamkorlik memorandumlarini imzolagan. Bu esa talabalarga chet eldagi nufuzli oliy taʼlim dargohlarida oʻqish imkoniyatini beradi.

Faxrli tomoni kuni kecha Oriental universiteti YÖK — Turkiya oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi tashkilot tomonidan TAN OLINIB, ro‘yxatga kiritildi hamda maxsus SERTIFIKATga ega bo‘ldi.

Ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan universitet jamoasini muborakbod etamiz va bunday yutuqlar bardavom bo‘lsin deymiz.