Oriental University — Header

Oriental talabasi oltin medal sohibi bo’ldi

Oriental universiteti Jismoniy tarbiya fakulteti talabasi Diyorbek Hudoyberdiyev Qirg‘iziston Respulikasining Issiqko‘l viloyatida bo‘lib o‘tgan Pencak Silat sport turi bo‘yicha xalqaro turnirga faol ishtirok etib, oltin medal sohibi bo‘ldi.

Shuningdek, talaba Azizbek Boltaboyev ham 65-70 kg vazn toifasida jangga tushib, bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, mazkur chempionat g‘oliblari 4 yilda bir marotaba Tayland davlatida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston hamda Oriental nomini sharafli himoya qilib, Tayland davlatida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritgan talaba-sportchilarimizga omad hamisha hamroh bo‘lishini tilab qolamiz!