Oriental University — Header

Oriental delegatsiyasi Qozog‘istonda taqdirlandi!

Oriental universiteti delegatsiyasi a’zolari — universitet rektori Dr. Nozim Mamataxunov, moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor Farrux Quvondiqov va xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Farrux Xudayberdiyev Qozog‘iston Respublikasi, Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan Ch. Valixonov nomidagi Tarix va etnologiya institutining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etib, maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida delegatsiya institut professor-o‘qituvchilari hamda boshqa universitetlardan tashrif buyurgan tadqiqotchilar bilan uchrashib, ilmiy hamkorlik, qo‘shma loyihalar va ilmiy almashinuv istiqbollari yuzasidan fikr almashdi. Ushbu e’tirof Oriental universitetining xalqaro miqyosdagi faoliyati, ilmiy hamkorlikni kengaytirish yo‘lida tashlayotgan muhim qadamlari va nufuzli ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yangi bosqichga olib chiqqanidan dalolat berdi.