Oriental University — Header

Universitet jamoasi “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Oriental universiteti rektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nozim Mamataxunov, akademik faoliyat va ilmiy ishlar bo‘yicha rektor maslahatchisi, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Isomiddin Yuldashev hamda Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Ikrom Ahmedov yuksak e’tirof — “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofatlandilar.

Mazkur ko‘krak nishonlari 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Olam uzra eng buyuk zot — siz, aziz ustoz” shiori ostida tashkil etilgan tantanali bayram tadbiri doirasida topshirildi. Ushbu yuksak e’tirof ustozlarning ilmiy-ijodiy faoliyatidagi fidoyiligi, ta’lim jarayonini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda yosh avlod tarbiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasining yorqin ifodasi bo‘ldi.