
Oriental magistranti Xarbin-2025 IX qishki Osiyo oʻyinlarida Changʻi alpinizmi sport turi boʻyicha bosh murabbiy
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Xitoy xalq demokratik Respublikasida Xarbin-2025 IX qishki Osiyo oʻyinlari bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, mazkur Osiyo oʻyinlari doirasida Oriental universitetining Sport faoliyati mutaxassisligi magistranti Zokir Yallaqayev Changʻi alpinizmi sport turi boʻyicha O‘zbekiston delegatsiyasi boshlig‘i va jamoa katta murabbiyi sifatida ishtirok etmoqda.



O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov va Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Milliy Olimpia qo‘mitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbariyati Xarbin-2025 IX qishki Osiyo oʻyinlarida ishtirok etayotgan sportchilar va murabbiylar bilan Xitoyda uchrashishdi va barcha sportchilarga omad tiladi.





Ma’lumot o‘rnida, IX qishki Osiyo oʻyinlarida Changʻi alpinizmi sport turidan yurtimiz bo‘ylab umumiy hisobda 8 nafar sportchi mamlakatimiz sha’nini himoya qilishmoqda.


