
Oriental universiteti futzal terma jamoasi “Talabalar ligasi” turnirining chorak finalida
Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan III bosqichli “Talabalar ligasi” musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi nimchorak final o‘yinlari davom etmoqda.
Ushbu bosqichda Oriental universiteti jamoasi Toshkent davlat transport universiteti jamoasi bilan bellashdi. Shiddatli bo‘lib o‘tgan mazkur o‘yinda terma jamoamiz 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi 1/4 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.
Toshkent shahar bosqichida poytaxtimizdagi 50 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari 8 ta guruhga bo‘lingan holda bahslarda ishtirok etmoqda. Joriy yilning aprel-may oylari davomida “Talabalar ligasi”ning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.


Teglar:futzal, oriental universiteti, Sport


