
MALAYZIYANING TUN HUSSEIN UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK!
Bugun Oriental universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Farrux Xudayberdiyev hamda bo‘limning yetakchi mutaxassisi Abbosxo‘ja Sattorov Malayziyaning Tun Hussein universitetiga tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida tomonlar talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda professor-o‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish va malaka oshirish kurslarini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar. Ushbu tashabbuslar akademik mobillikni kuchaytirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, Kuala-Lumpur universitetida ham alohida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda xuddi shunday xalqaro hamkorlik shakllarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinib, Malayziyadagi hamkor muassasalar tarmog‘ini kengaytirish orqali Oriental universitetining xalqaro sheriklik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsad qilib olindi.



Teglar:oriental universiteti, yangiliklar


