
Oriental universiteti va O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasi o‘rtasida muhim memorandum imzolandi!
Bu shunchaki bitim emas – bu kelajak avlod ta’limida yangi sahifa, yangi umid, yangi imkoniyatlar demakdir!
Memorandumning oliy maqsadi nima?
Oriental universitetida xorijiy tillarni o‘qitishni yangi cho‘qqilarga ko‘tarish, zamonaviy va ilg‘or ta’lim usullarini joriy etish orqali yosh avlodga dunyoga ochilgan eshiklar kalitini berish!



Bu hamkorlik nimalarni o‘z ichiga oladi?
🟢 universitetda ingliz tilini o‘qitish amaliyotini yanada takomillashtirish;
🟢 Filologiya fakulteti ingliz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro standartlarga (CEFR, CELTA) muvofiq zamonaviy ta’lim tizimini yaratish;
🟢 soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish va maslahat faoliyatini rivojlantirish;
🟢nufuzli xalqaro va milliy tilshunoslik konferensiyalarini tashkil etish;
🟢mazkur jarayonlarga yetakchi jahon universitetlari, xalqaro til ekspertlari va soha mutaxassislarini jalb qilish.



Oriental universiteti va O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasi hamkorligi — bu kelajak avlod uchun qo‘yilgan mustahkam poydevor, ilm-fan va ta’lim sohasida yangi sahifa!




