
Oriental universitetida ilmiy faoliyat bo‘yicha navbatdagi muhim tadbir bo‘lib o‘tdi
Bugun Oriental universitetining kengashlar zalida “Scopus va WOS jurnallarida maqolalarni qanday chop qilish mumkin?” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsini Turkiya Respublikasining Qoradengiz Texnika universiteti dotsenti, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Musa Yavuz Alptekin olib bordi.
Tadbir davomida professor-o‘qituvchilarga nufuzli xalqaro bazalarda indekslanadigan jurnallarda maqola chop etish bo‘yicha maqola yozishning xalqaro standartlari, Scopus va Web of Science bazalaridagi jurnallarni tanlash mezonlari, maqolalarni tayyorlash va yuborish jarayonining o‘ziga xos jihatlari va ko‘p uchraydigan xatolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari kabi muhim maslahatlar berildi. Ushbu mahorat darsi universitetimiz professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish va xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi!








