Oriental University — Header

Oriental universitetining Samarqand kampusida xalqaro anjuman boshlandi

Bugun, ASES akademiyasi va Oriental universiteti hamkorligida, Oriental universitetining Samarqand kampusida 9-ilmiy xalqaro tadqiqotlar anjumani bo’lib o’tmoqda. Anjuman onlayn, hamda oflayn formatda o’tkazilyotgan bo’lib, Turkiya, Qozog’iston, Ozarbayjon, Qirg’iziston va boshqa xorijiy davlatlardan professor-o’qituvchilar o’zlarining ilmiy ishlari va ma’ruzalari bilan ishtirok etishmoqda.

Xususan: ASES akademiyasi rahbari — Ali Söylemez, Yakin Doğu universiteti rektori — Prof. Dr. Tamer Şanlidağ, Niğde Ömer Halisdemir, Universitetidan — Prof. Dr. Mustafa Talas kabi professor-olimlar qatnashishmoqda. Ushbu xalqaro anjuman ilm-fan rivojiga o’z hissasini qo’shish bilan birga, ishtirokchilar uchun ham manfaatli bo’lishiga ishonamiz!