Oriental University — Header

ORIENTALNING FAXRLI YOSHLARI

“Bizning faxli yoshlar” ruknimizning bugungi qahramoni Tarix fakulteti “Tarix” ta’lim yo‘nalishining 1-bosqich talabasi Mirzoanvar Abdukabirov.

Mirzoanvar Abdukabirov yurtimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan, vatanimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faol va o‘z sohasida yuqori natijalarga erishib kelayotgan yoshlar ishtirokida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida o‘tkazilgan xalqаro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovda munosiblar qatorida ishtirok etdi hamda “Best publication” yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy tadqiqotlar markazining tegishli buyrug‘iga asosan “FIDOYI XIZMATLARI UCHUN” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mirzoanvar universitetimizning “Tarix” yo‘nalishida tahsil olishi bilan bir qatorda tasviriy san’atning “Xattotlik” yo‘nalishida ijodiy faoliyatini yuritib kelayotgan yosh iste’dod egalaridan biridir. Uning yaratgan ijodiy ishlari bir necha marotaba xalqaro va respublika miqyosidagi tanlov va festivallarda yuqori o‘rinlarga loyiq ko‘rilgan. Mirzoanvar kabi iqtidorli va ijodkor talabalar universitetimiz faxridir. Iste’dodli talabamizning kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar, tanlagan sohasida yorqin muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz!