
Orientalning faxrli yoshlari
“Bizning faxrli yoshlar” ruknimizning bugungi qahramoni Pedagogika va psixologiya fakultetining 4-bosqich talabasi Afroʻza Norboyeva.
Afroʻza Norboyeva Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi miqiyosida tashkil etilgan «Ta’limdagi innovatsion texnologiyalarni joriy etish va takomillashtirish» ilmiy-amaliy koʻrik-tanlovida oʻzining ijodiy ishi bilan faol ishtirok etib, «Ta’lim tashabbuskori» koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi.
Afro‘zaning ijodiy ishi Rossiya va Oʻzbekiston xalqaro konferensiya jurnalida chop etildi hamda xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.
Afro‘za kabi iqtidorli va fidoiy talabalar universitetimiz faxridir! Shu kunga qadar barcha erishgan yutuqlari bilan iste’dodli talabamizni muborakbod etamiz va kelgusidagi ijodiy va ilmiy ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo‘lishini tilab qolamiz!


Teglar:oriental universiteti, yangiliklar


