Oriental University — Header

Oriental universiteti vakillari O‘zbekiston olimlari forumida faol ishtirok etmoqda!

3-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Islom Sivilizatsiyasi markazi tomonidan “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” O‘zbekiston olimlari forumi start oldi.

Ilmiy anjumanning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5186-son qarorining “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan ilmiy-tadqiqot ishlari, muzey, arxiv, kutubxona va qo‘lyozmalar fondini boyitish tadbirlarini tashkil etishni taʼminlashga qaratilgan.

500 ga yaqin ishtirokchini qamrab olgan Forumda O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining maqsad va vazifalari, kelgusidagi rejalarini namoyon etadigan 10 dan ortiq seminarlar va taqdimotlar tashkil etiladi.

Ushbu forumda Oriental universiteti vakillari ham faol ishitirok etishmoqda.

Forumda taqdim etilgan har bir loyiha bo‘yicha olimlar ishtirokida muhokamalar tashkil etilib, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.