
Xususiy ta’lim sohasidagi islohotlar — ta’lim rivoji uchun muhim qadam
Barcha sohalarda oʻzgarish va yangilanishlar boʻlayotgani kabi soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning avgust oyida boʻlib oʻtadigan Prezidentning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik koʻrish doirasida xususiy taʼlim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkaziladi. Ushbu davra suhbatida Respublikamizdagi barcha xususiy taʼlim sohasidagi rahbarlar hamda Oriental universiteti masʼullari ham faol ishtirok etishdi.
Mazkur ochiq muloqotda Savdo-sanoat palatasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Biznes-ombudsman, Soliq qoʻmitasi rahbarlari ishtirok etishdi.
Muloqotda xususiy taʼlimni tashkil etish uchun bir qator litsenziyalash talablarini soddalashtirilishi va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi boʻyicha ularga turli imtiyozlar berilganligi haqida aytib oʻtildi.
Shuningdek, davra suhbatida xususiy universitet ochish uchun litsenziya olishda professor-oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi imzolash talabi boʻyicha va chet ellik malakali oʻqituvchilarni jalb qilish muammosi hamda taʼlim sohasida litsenziya berish va uni nazorat qilish vazifasi betaraf idoraga yuklatilishi boʻyicha takliflar berildi.



Teglar:oriental universiteti, tadbir, yangiliklar


