
Turkiya universiteti dotsenti Musa Yavuz Alptekin tomonidan “Scopus va Web of Science jurnallarida maqola nashr ettirish yo‘l-yo‘riq va strategiyalari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
Oriental universitetida Turkiya Respublikasining Karadeniz Teknik universiteti “Sotsiologiya” kafedrasi dotsenti Musa Yavuz Alptekin tomonidan “Scopus va Web of Science jurnallarida maqola nashr ettirish yo‘l-yo‘riq va strategiyalari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
Ilmiy seminarda universitetning kafedra professor-o‘qituvchilari va ilmiy faoliyat yo‘lida izlanishlar olib borayotgan talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Aytish o‘rinliki, Musa Yavuz Alptekin Turkiyaning ikki nufuzli jurnali – “Imgelem” va “Habitus” nomli jurnallarning Bosh muharriri bo‘lib, 70 dan ortiq ilmiy maqolalari ko‘plab xalqaro jurnallarda chop etilgan.


