
Universiada – futbol maydonidagi sharafli jang!
“Universiada” sport musobaqalarining Toshkent shahar saralash bosqichi doirasidagi futbol o‘yinlari yakuniga yetdi. Har bir lahzasi kurashga, har bir daqiqasi fidoyilikka boy o‘yinlarda Oriental universiteti jamoasi yigitlari haqiqiy jasorat va sadoqat namunasi bo‘lishdi. Yarim final o‘yinida universitetimiz jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi jamoasiga qarshi kechgan bahsda 1:0 hisobida zafar quchib, final sari dadil qadam tashlashdi.











