
Universitetimiz professori xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etdi!
Turkiyaning Marmara universitetida 17-18-aprel kunlari “Uluslararası Kapsayıcı Eğitim Kongresi (UKEK-2026)” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjumanda Oriental universitetining “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi” kafedrasi professori, pedagogika fanlari nomzodi Dildora Nazarova “Inklyuziv ta’limda eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilarning didaktik faoliyatini rivojlantirishning texnologik asoslari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.



Anjumanda Turkiya bilan bir qatorda Bolgariya, Italiya, Portugaliya, Ispaniya va Chexiya kabi davlatlardan yetakchi olim va mutaxassislar ham qatnashdi. Shuningdek, anjuman doirasida professor Dildora Nazarova Marmara universiteti vakillari — Atatürk ta’lim fakulteti dekani, professor Yusuf Alpaydın, Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega talabalar bilan ishlash bo‘linmasi rahbari Zuhal Özgench Pek hamda Maxsus pedagogika yo‘nalishi rahbari, professor Özcan Karaaslan bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, tajriba almashish hamda kelgusidagi ilmiy-amaliy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.





