
Yirik tilshunos olim ishtirokida ilmiy seminar o‘tkazildi!
Oriental universitetida Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti huzuridagi Turkologiya markazi rahbari, filologiya fanlari doktori, akademik Sherubay Qurmanbayuli ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi. Seminarda turkiy terminologiya masalalari, qozoq va o‘zbek tillarining umumiy leksikasi, shuningdek, zamonaviy tilshunoslikdagi dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, ilmiy seminarda Qozoq milliy pedagogika universiteti xodimi, dotsent Marlen Adilov ham ishtirok etib, turkiy tillar o‘rtasidagi o‘xshashliklar, ilmiy yondashuvlar va istiqboldagi tadqiqotlar bo‘yicha muhim mulohazalar bildirildi.








