Oriental University — Header

Universitet sportchilari xalqaro chempionat sovrindori bo‘lishdi!

Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tgan “Asian Boxing Elite Boxing Championships 2026” Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar yuksak natijalarni qayd etishdi. Mazkur nufuzli xalqaro musobaqada yurtdoshlarimiz bir nechta vazn toifalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar. Xususan, Oriental universitetining faxrli magistranti, jahon chempioni Fazliddin Erkinboyev barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etib, oltin medal sohibi bo‘ldi. Ushbu g‘alaba bilan Fazliddin yana bir bor Osiyo chempioni unvonini o‘ziga qayd etdi. Shuningdek, iqtidorli magistrantimiz, boks bo‘yicha jahon chempioni Aziza Zokirova ham yuqori mahorat va matonat namoyon etib, chempionat kumush medalini qo‘lga kiritdi.