Oriental University — Header

Sinop universiteti bilan navbatdagi hamkorlik memorandumi!

Oriental universitetida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya va Ozarbayjonning yetakchi olimlari, tadqiqotchilari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan XII. Xalqaro ijtimoiy fanlar konferensiyasi yuqori ilmiy saviyada va samarali ruhda tashkil etildi. Konferensiya doirasida Oriental universiteti va Turkiyaning Sinop universiteti o‘rtasida navbatdagi hamkorlik memorandumi imzolanib, bu ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lida faol ishtirok etib kelayotgan Turkiyaning Niğde Ömer Halisdemir universiteti hamda Sinop universiteti vakillariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Oriental universiteti ilmiy salohiyatni yuksaltirish sari izchil rivojlanishda davom etadi.