
XII. Xalqaro ijtimoiy fanlar konferensiyasi o‘tkazildi!
Oriental universitetida Turkiyaning ASES akademiyasi, Sinop universiteti hamda Ozarbayjonning Boku Avrasiya universiteti bilan hamkorlikda XII. Xalqaro ijtimoiy fanlar konferensiyasi yuqori ilmiy saviyada tashkil etildi. Mazkur xalqaro anjuman universitetning “Tillar-1” kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya va Ozarbayjonning yetakchi olimlari, tadqiqotchilari hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Konferensiya doirasida ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari xususan, tarix, filologiya hamda zamonaviy pedagogika yo‘nalishlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, ularning nazariy-metodologik asoslari va amaliy natijalari keng muhokama qilindi.






Anjuman davomida taqdim etilgan ilmiy ma’ruzalar turli mamlakatlar ilmiy maktablari o‘rtasida tajriba almashish, ilg‘or yondashuvlarni ommalashtirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Mazkur konferensiya ilmiy muloqot va akademik hamkorlikni rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni ilm-fanga keng jalb etish hamda xalqaro miqyosda ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim platforma vazifasini o‘tadi.





