
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari!
Bugun Oriental universitetida “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishining sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan bitiruvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari tashkil etildi. Mazkur attestatsiya jarayoni talabalarning oliy ta’lim davomida egallagan nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va kasbiy kompetensiyalarini baholashga qaratilgan bo‘lib, ularning mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorgarlik darajasini aniqlashda muhim bosqich hisoblanadi. Sinovlar belgilangan tartib va mezonlar asosida, attestatsiya komissiyasi a’zolari ishtirokida ochiq va shaffof tarzda o‘tkazildi. Bitiruvchilar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha olgan bilim va tajribalarini namoyish etib, kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim baholash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tmoqdalar. Oriental universiteti barcha bitiruvchilarga Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida muvaffaqiyat va kelgusi faoliyatlarida ulkan yutuqlar tilaydi!








