Oriental University — Header

«Yoshlar kuni» munosabati bilan Rektor tabrigi

Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda soʻnggi yetti yil yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini roʻyobga chiqarishda “katta sakrash davri” boʻlganini, yoshlarga koʻmaklashish, ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish eng xayrli ishligini alohida taʼkidladi hamda yoshlarga qarata: “Har biringiz hayotda munosib oʻrningizni topishingiz uchun biz bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni toʻliq ishga solamiz”, dedi.

🇺🇿 Soʻnggi yillar davomida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berilgani, birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalangani hamda ehtiyojmand oiladan boʻlgan yana 110 ming talabaning kontraktini toʻlashga davlatimiz tomonidan 332 milliard soʻm ajratilgani bu soʻzlarning aniq isbotidir.

Bugun 30-iyun — Yoshlar kuni! Shu fursatdan foydalanib Oʻzbekiston yoshlarini ushbu milliy bayramimiz bilan samimiy muborakbod etaman. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, yurtimizda yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor, berilayotgan imkoniyatlar ertaga, albatta, oʻz natijasini beradi hamda yoshlarimizni ulkan yutuqlarga erishishlariga turtki boʻladi. Zero, bu eʼtibor zamirida yoshlarimizga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbat, qadr va eʼzoz mujassamdir!

Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, Oriental universiteti rahbariyati ham yurtboshimiz olib borayotgan ezgu va xayrli ishlarni kengroq quloch yozishini istaydi va oliygohimizda taʼlim olayotgan talaba-yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyordir!

Bugungi kun yoshlari ertamiz poydevordir. Shu umidli poydevorimiz doimo mustahkam va baquvvat boʻlsin.
Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz Oʻzbekiston yoshlari! 

Oriental universiteti rektori

Murodjon AHMEDOV