Oriental University — Header

TANISHING, YANGI ADABIYOTLAR

Oriental universiteti Axborot-kutubxona resurs markazi tavsiya etadi! Oriental universiteti uztozlari tomonidan mazkur uslubiy qo‘llanma va monografiyalar universitet Axborot-kutubxona resurs markazi fondiga topshirildi.

  1. Nigora Erkinova
    «Eshqobil Shukur sheʼriyati lingvopoetikasi»

Monografiyada taniqli o‘zbek shoiri Eshqobil Shukur sheʼrlarining lingvopoetikasi xususiyatlari tadqiq qilingan. Shuningdek tilshunoslar, oliy o‘quv yurtlari filologiya fakulteti talabalari, magistrantlar va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.

Nodirbek Xudayberdiyev
«Kurash turlarini o‘qitish metodika (milliy kurash)»

O‘quv qo‘llanma milliy kurashning rivojlanish tarixi, kurashchining Jismoniy, texnik, taktik va ruhiy- irodaviy tayyorgarligini tashkil etish usullari va vositalari tushunarli va sodda tilda bayon etilgan.

Shahzoda Hasanova
«O‘zbekiston va Xitoy madaniy obidalari»

Qo‘llanmada «Gid hamkorlik va tarjimonlik faoliyati» taʼlim yo‘nalishi talabalariga Xitoy Xalq Respublikasi hududida joylashgan madaniy obidalar haqida ma’lumotlar berilgan.

Ruxsora Xursanova
«Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi»

O‘quv qo‘llanma Jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning, trenerlar, talabalar, magistrlar hamda kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari auditoriyasi mo‘ljallangan.

Bundan tashqari Oriental universiteti Axborot-kutubxona resurs markazi fondi yangi nashr qilingan bir qator metodik, o‘quv qo‘llanma hamda badiiy asarlar bilan ham boyitildi. Ular bilan sizni batafsil tanishtirib boramiz!