
Oriental universiteti delegatsiyasi Turkiyaning Recep Tayyip Erdoğan universitetida
Oriental universiteti delegatsiyasi, talabalarimiz va Recep Tayyip Erdoğan universiteti rektori bilan Rize shahri hokimi İhsan Selim Baydaş maxsus taklifiga ko‘ra uchrashuv tashkil etildi. Hokim janoblari mehmonlarni iliq kutib oldilar va uchrashuvdan mamnunligini bildirib, quyidagi fikrlarni aytib o‘tdilar:
“Ajdodlarimiz yurti, ota yurtimizdan xush kelibsiz! Sizni xorijiy talaba sifatida emas, bir tarix va madaniyatni baham ko‘radigan qardoshlar sifatida ko‘ramiz. Bu aloqalarni yanada mustahkamlash biz uchun sharaf.” Ushbu uchrashuv ikkala tomon o‘rtasidagi do‘stona hamkorlikni mustahkamlashga yana bir muhim qadam bo‘ldi!








