Oriental University — Header

Turkiyaning Ibn Haldun universiteti bilan xalqaro hamkorlik

Ayni damda Oriental universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya Turkiyada navbatdagi hamkorlik safari bilan boʻlib turibdi. Ushbu tashrif doirasida, bugun Oriental universiteti rektori Dr. Mamataxunov Nozim Azizovich va Ibn Haldun universiteti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib navbatdagi yana bir xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hamkorlik doirasida quyidagilarni yoʻlga qoʻyish koʻrib chiqildi:

▫️bakalavriat bosqichini yakunlagan talabalarimizni magistraturada tahsilni davom ettirish uchun joʻnatish;
▫️ xalqaro konferensiyalar tashkil etish;
▫️ talabalarimiz bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish va boshqa bir necha ta’lim loyihalarini birgalikda amalga oshirish.

Ushbu xalqaro hamkorlik universitetlararo ta’lim, ijtimoiy-iqtisodiy va ilm-fan imkoniyatlarini kengaytirishi shubhasiz!