Oriental University — Header

Oriental universitetida ming yillik so‘z sehri yangradi. Navoiy hikmatlaridan Bobur dardlarigacha…

Ikki ulug‘ ijodkor Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tashkil etilgan “Boqiy ma’naviy meros” nomli tadbirda mashhur navoiyshunos va boburshunos olimlarning sara ma’ruzalari, talabalarning she’riy chiqishlari va musiqiy-badiiy dastur bo‘lib o‘tdi. Aytish mumkinki, so‘z qudrati boqiy, she’riyat mangu va ular yaratgan meros asrlar osha yashayveradi.

Taniqli navoiyshunos olimning «Navoiy she’riyatida komil inson g’oyasi» mavzusidagi teran ma’ruzasi ishtirokchilarni XV asr adabiy muhitiga olib kirdi. Boburshunos olimaning «Bobur ijodida Vatan sog’inchi» mavzusidagi chiqishi shoh ijodidagi nozik qalb kechinmalarini, uning ona yurtga bo’lgan cheksiz muhabbatini yorqin misollar orqali ochib berdi.

Talabalarning «Farhod va Shirin» dostonidan namoyish etgan sahna ko’rinishlari, «Boburnoma»dan o’qilgan parchalar va g’azallar tadbir ishtirokchilarini so’z sehriga mahliyo etdi. «Xamsa» asaridan sahnalashtirilgan ko’rinishlar yoshlarning mumtoz adabiyotimizga bo’lgan chuqur hurmatini namoyon etdi.