
Oriental universitetida xalqaro konferensiya
Bugun Oriental universiteti tomonidan xorijiy tillarni o‘qitish va sifatini oshirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini yaxshilash hamda yanada rivojlantirish maqsadida “Хorijiy tillar tadqiqi va taʼlimi muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi. Mazkur konferensiyada bir qator xorijiy mamlakatlardan jumladan, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Xitoy xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va O‘mon davlatidan ko‘plab soha mutaxassislari, olimlar va tadqiqotchilar bilan bir qatorda yurtimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy soha xodimlari va magistrlar ishtirok etishdi.



Zamonaviy ta’lim jarayonlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu ilmiy anjuman ishtirokchilarga yangi g‘oyalar va tajribalar almashish imkoniyatini yaratdi. Konferensiya davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion o‘qitish usullari va xalqaro tajribalar bo‘yicha qizg‘in munozaralar bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada hozirgi ta’lim jarayonidagi muhim ilmiy muammolar, taklif va yechimlar qamrab olingan bo‘lib, mazkur masalalar alohida sho‘balar bo‘lingan holda tadqiq etildi. Oriental universiteti tomonidan o‘tkazilgan “Хorijiy tillar tadqiqi va taʼlimi muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari quyidagi yo’nalishlarda o‘z tajribalarini almashdilar:
- Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar;
- Xorijiy tillarning nazariy masalalari;
- Xorijiy tillarini ikkinchi til sifatida o‘qitish muammolari;
- Masofaviy ta’lim muammolari va uni rivojlantirish yo‘llari;
- Xorijiy adabiyotlar tarjimasi va tanqidiy tahlili.
Aytish o‘rinliki, xalqaro doirada o‘tkazilgan mazkur konferensiya olimlar va tadqiqotchilar uchun fikr almashish, tajriba ulashish uchun muhim maydon bo‘ldi.


