Oriental University — Header

ILMIY KENGASH MAJLISI

Oriental universitetida navbatdagi Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash majlisida universitet oldida turgan quyidagi dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglanmoqda:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat topshiriqlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari, fuqarolarni qabul qilish, ularning ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

Respublika miqyosida tyutorlik institutining ahamiyati va Oriental universitetida tyutorlik faoliyati: muammo va yechimlari;
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining istiqboldagi reja va maqsadlari hamda tizimni universitet faoliyatiga tadbiq etish bosqichlari;
Universitetda xalqaro hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda o‘quv yilining II yarim yilligida xalqaro aloqalar bo‘yicha olib borilishi rejalashtirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

Кengash majlisining keyingi bosqichida universitet oldida turgan quyidagi dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi:

➖ Monografiya, darslik va о‘quv qо‘llаnmаlarni nashrga tavsiya etish to‘g‘risida; 
➖ Oliy ta’limdan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish bo‘yicha 2024/2025-o‘quv yili II choragida qabul qilingan mustaqil izlanuvchilarni (PhD, DSc) oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga qabul qilish uchun ixtisoslik fanlaridan kirish suhbatlarini tashkil etish to‘g‘risida;
➖2025-yilda Oriental universitetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarga tayyorgarlik ko‘rish masalasi. 

✔️ Kengash yakunida bildirilgan fikrlar va takliflar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.