
ORIENTAL UNIVERSITETIDA ILMIY SALOHIYAT YUKSALMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq Oriental universitetining to‘rt nafar professor-o‘qituvchilariga ilmiy darajali unvonlar berildi. Shu munosabat bilan Oriental universiteti rektori Nozimjon Mamataxunov ustozlarni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etib, ilmiy unvonga loyiq ko‘rilgan ustozlar – “Moliya va menejment” kafedrasi professori v.b. Akbar Shernayev hamda “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasi professori v.b. Dilmurod Xo‘jamqulovlarga professor ilmiy unvoni diplomlarini, “Matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti v.b. Abdusamat Alimov hamda “Tarix” kafedrasi dotsenti v.b. Akmal Mahkamovlarga dotsent ilmiy unvоni diplomlarini topshirdi.







