Oriental University — Header

O‘MON DAVLATI OLIMI ORIENTAL UNIVERSITETIDA

Oriental universiteti xalqaro hamkorlik doirasida yana bir muhim qadamni amalga oshirdi. Universitetimizga O‘mon davlatining nufuzli oliy ta’lim muassasasi hisoblangan Sulton Qobus universitetining doktori Salim ben Sulaymon al-Busa’idiy tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Dr. Salim ben Sulaymon universitet professor-o‘qituvchilari uchun davra suhbatini tashkil etib, Sulton Qobus universitetining faoliyati, innovatsion ta’lim jarayonlari va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuvda zamonaviy ta’lim texnologiyalari, xalqaro almashinuv dasturlari, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar uchun yangi imkoniyatlar kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Oriental universiteti bunday xalqaro darajadagi uchrashuvlar orqali jahon ta’lim standartlarini o‘rganish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lida dadil odimlamoqda!