
QATAR ELCHISI ORIENTALDA
Bugun Oriental universitetiga Qatar davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Hassan bin Hamza Xashem tashrif buyurdi. Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida uyushtirilgan ushbu tashrif universitet hayotida muhim voqea bo‘ldi. Tashrif dasturi universitet rektori Nozimjon Mamataxunov hamda mehmonlarning samimiy muloqoti bilan boshlandi. Tashrif davomida elchi janoblari universitet o‘quv auditoriyalari hamda bevosita dars jarayonlarini ko‘zdan kechirib, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan ochiq muloqotlar olib bordi.






Oriental universitetiga Qatar davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Hassan bin Hamza Xashem bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalari va xalqaro hamkorlik munosabatlatlari yuzasidan fikr almashdilar.Janob Hassan bin Hamza Xashem Qatar va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘z takliflarni ilgari surdi. Universitet rahbariyati esa o‘z navbatida Qatar davlati bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish istagini bildirdi. Shuningdek, elchi janoblari universitet kutubxonasida talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi. Tashrif yakunida universitet rahbariyati tomonidan elchi Hassan bin Hamza Hashemga «Faxriy professor» unvoni berildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.











