Oriental University — Header

Orientalda jahon chempionlari tahsil oladi!

Universitetimizning Jismoniy tarbiya fakulteti 3-bosqich talabasi, Osiyo va jahon chempioni Husniddin Shahobiddinov sport sharafini yangi cho‘qqilarga ko‘tardi. U Italiyada o‘tkazilgan Kikboksing bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib nafaqat universitet balki butun O‘zbekiston nomini dunyoga tanitdi!

Eng e’tiborli jihati Husniddin hozirda Kikboksing bo’yicha Jahon reytingida 1-o‘rinni egallab turibdi. Bu yutuqlar ortida Oriental universiteti birinchi prorektorning sport ishlari bo‘yicha maslahatchisi, dotsent Nodirbek Xudoyberdiyev hamda professor Abduqahhor Umarovning fidokorona mehnatlari mujassam. Oriental universiteti bunday iste’dodli yoshlar bilan har doim faxrlanadi va ularning yanada ulkanroq zafarlar qozonishiga ishonadi!