
O‘zbekiston Milliy banki AJ “Kelajakka qadam” markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi






Endilikda universitetimiz talabalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan, oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbga tayyorlash, amaliyotga jalb etish va ish bilan ta’minlash jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish imkoni bor. Dastur yo‘nalishlari:
🔵 Talabalar uchun moddiy qo‘llab-quvvatlash;
🔵 Talabalarni kasbga tayyorlash va amaliyotini tashkil etish;
🔵 Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash;
🔵 Xalqaro amaliyot va o‘quv kurslari.
Ushbu dastur oliy ta’lim muassasalari ta’lim tizimiga amaliyot va xalqaro tajribani kengroq joriy etish imkonini beradi.


