Oriental University — Header

“Vazir kubogi” – G‘alabalarga boy sport bahslari!

Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti mezbonligida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Vazir kubogi” sport musobaqalari yuksak kayfiyat va qizg‘in bellashuvlar bilan davom etdi. Musobaqada Toshkent shahri bo‘yicha 70 nafar yoshlar yetakchilari sportning turli yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdilar. Qizg‘in bahslar orasida Oriental universitetining yoshlar yetakchisi Afro‘za Norboyeva stol tennisi yo‘nalishida alohida e’tirofga sazovor bo‘lib, faxrli 2-o‘rinni egalladi!