Oriental University — Header

Sulton Qobus universitetida Oriental professor-o‘qituvchilari xalqaro tajriba sari!

Ayni kunlarda Oriental universitetining Sharq tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari xalqaro miqyosda malaka oshirish yo‘lida yana bir muhim qadam tashlamoqdalar. O‘mon Sultonligining nufuzli Sulton Qobus universiteti huzuridagi Arab tili o‘qitish institutida universitet dotsenti Feruza Jo‘rayeva hamda katta o‘qituvchilar Islombek Hasanov va Nodir Talipovlar joriy yilning 13-aprelidan 8-mayigacha davom etadigan “Til egasi bo‘lmaganlarga arab tilini o‘rgatish” dasturi asosidagi malaka oshirish kursida ishtirok etmoqdalar.

Mazkur tashabbus universitet rektori Nozimjon Mamatoxunov rahbarligida ishlab chiqilgan, professor-o‘qituvchilarning xorijda malaka oshirishini ta’minlashga qaratilgan Yo‘l xaritasi doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu tashrif o‘qituvchilarimiz uchun nafaqat bilim va tajriba almashinuvi, balki arab tilini o‘rgatish sohasidagi zamonaviy metodikalar, innovatsion yondashuvlar hamda xalqaro amaliyotni chuqur o‘rganish imkonini beradi.