Oriental University — Header

Ilmiy hamkorlik sari navbatdagi qadamlar!

Ma’lumki, joriy yilning 15–16-aprel kunlari Oriental universitetining Samarqand kampusida “Imom Buxoriyning ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur nufuzli anjuman oldidan bugun Oriental universiteti martabali mehmonlarni qabul qildi. Jumladan, Turkiyaning Karabuk universiteti rektori, professor Fatih Kırışık, Anqara ijtimoiy fanlar universiteti rektori, professor Musa Kazım Arıcan, Turkiyaning yetakchi ilmiy doiralaridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar hamda “Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi” (TİKA) ning mas’ul vakillari tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Oriental universiteti rektori Nozimjon Mamatoxunov boshchiligida ikki davlat oliygohlari o‘rtasida samarali muzokaralar olib borildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy almashinuvlar, qo‘shma tadqiqotlar va talabalar mobilligini rivojlantirish borasida qator kelishuvlarga erishdilar.