
Orientalda universitetida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oriental universiteti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Turkiyaning Karabuk universiteti, Anqara ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida Samarqandda o‘tkazilayotgan “Imom Buxoriyning ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda Turkiya va boshqa koʻplab xorijiy davlatlardan delegatsiya a’zolari, olimlar, professor-o‘qituvchilar o‘z ma’ruzalari hamda ilmiy ishlari bilan ishtirok etishmoqda.








