
Oriental universitetida dissertatsiya muhokamasiga oid navbatdagi ilmiy seminar o‘tkazildi!
Bugun Oriental universiteti huzurida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/27.09.2024.Ped.185.01 raqamli ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ilmiy seminarda 13.00.01 — Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha talabgor Elshod Husanov tomonidan taqdim etilgan “Yuqori sinf o‘quvchilarida ekogumanistik dunyoqarashni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi yig‘ilish muhokamasiga taqdim etildi.






Seminar muhokamasida pedagogik ta’limotlar tarixiga oid chuqur ilmiy qarashlar, ekogumanizm tushunchasining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni hamda o‘quvchilar tafakkurida ekologik va insonparvarlik qadriyatlarini uyg‘unlashtirishning didaktik asoslari yoritib berildi. Seminar ishtirokchilari tomonidan dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuqori baholandi. Muhokamalar davomida malakali soha mutaxassislari, tajribali pedagoglar va yetakchi ilmiy soha vakillari tomonidan savollar, qator ilmiy taklif va tavsiyalar bildirildi.









Ilmiy seminar yig‘ilishi yakunida talabgor Elshod Husanovning dissertatsiya ishi bir ovozdan keyingi bosqichga tavsiya etildi.
ORIENTAL Matbuot xizmati


