Oriental University — Header

Oriental universiteti professor-o‘qituvchilari O‘zbekistonning O‘mon sultonligidagi elchisi bilan uchrashdi

O‘mon Sultonligining nufuzli Sulton Qobus universiteti huzuridagi Arab tili o‘qitish institutida universitet dotsenti Feruza Jo‘rayeva hamda katta o‘qituvchilar Islombek Hasanov va Nodir Talipovlar joriy yilning 13-aprelidan 8-mayigacha davom etadigan “Til egasi bo‘lmaganlarga arab tilini o‘rgatish” dasturi asosidagi malaka oshirish kursida ishtirok etmoqdalar.

Bugun universitetimiz professor-o‘qituvchilari Maskat shahrida, O‘zbekistonning O‘mon sultonligidagi elchisi Abdusalom Xatamov bilan uchrashishdi. Ushbu uchrashuv nafaqat ustozlarimizning kasbiy malakalarini oshirish balki xalqaro bilim va tajriba oshirishlari, zamonaviy metodikalar, fan-ta’lim innovatsiyalarini tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.