
Malayziya grantining saralash imtihoni natijalari e’lon qilindi!
Oriental universiteti talabalarining Malayziya granti boʻyicha 2-bosqich saralash imtihon natijalarini e’lon qilamiz. Yuqorida saralashdan o’tgan talabalarning ballari bilan tanishishingiz mumkin. Endi navbat, so’nggi 3-bosqichga — talabaning «Istiqboldagi 5 yillik rejalari» nomli taqdimoti bo’yicha rektor bilan suhbat bo’lib o’tadi. 3-bosqich imtihoni 22-aprel kuni, soat 09:30 da universitet binosida bo’lib o’tadi. Eslatib o’tamiz, Toshkent shahri kampusimiz talabalari ushbu suhbatda oflayn, Samarqand shahri kampusimiz talabalari esa, onlayn tarzda ishtirok etishadi.




