Oriental University — Header

FRANSIYA PREZIDENTINING TARJIMONI ELVIN ABBASBEYLI ORIENTAL UNIVERSITETIDA!

Oriental universitetiga ingliz va fransuz tillari bo‘yicha yetuk mutaxassis, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning tarjimoni, doktor Elvin Abbasbeyli tashrif buyurdi. Tashrif avvalida o‘qituvchilar va talabalar uchun tarjimonlik sohasiga bag‘ishlangan ochiq seminar tashkil etilib, doktor Abbasbeyli tarjimonlik kasbining o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot berdi hamda amaliy misollar orqali o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Aytish joizki, ushbu hafta mobaynida Elvin Abbasbeyli universitetimiz talabalari uchun maxsus trening darslarini o‘tadi. Kelasi semestrdan esa rasman Oriental universiteti professor-o‘qituvchilari safiga qo‘shilishi kutilmoqda!

ORIENTAL MATBUOT XIZMATI