
ILMIY KENGASH MAJLISI: MUHOKAMALAR VA QARORLAR!
Bugun Oriental universitetida navbatdagi ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet faoliyatiga oid qator dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori talablaridan kelib chiqib, oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat va magistratura bosqichlariga o‘qishga qabul qilish, talabalarning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish, shuningdek, ularning akademik mobilligini tashkil etish tartiblari hamda amaldagi nizomlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalalari muhokama qilindi. Majlis yakunida ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli takliflar ilgari surilib, universitet faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.






Shuningdek, ilmiy kengash majlisida 1-bosqich magistrantlarning ilmiy ish mavzulari va rahbarlarini tasdiqlash, ilmiy unvonga tavsiya etish, monografiyalarni nashrga tayyorlash, 2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro konferensiyalar mavzularini belgilash, nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni ma’qullash hamda darslik va o‘quv qo‘llanmalarni nashrga tavsiya etish kabi masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.






Majlis yakunida ilgari surilgan taklif va mulohazalar universitetning ilmiy-uslubiy salohiyatini yanada mustahkamlash, ta’lim sifati va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
ORIENTAL MATBUOT XIZMATI


