
JADIDLAR TARIXIGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO VEBINAR!
Oriental universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi hamda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan hamkorlikda “Mushtarak ma’rifat sari: o‘zbek va qozoq jadidlarining hamkorlik tarixi” mavzusida xalqaro vebinar o‘tkazildi. “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu ilmiy-ma’rifiy anjumanda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Hasanov, Janubiy Qozog‘iston universiteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi Gauxar Tileukulova, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), yosh jadidshunos Muslimbek Alijonov kabi soha vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.






Vebinar davomida o‘zbek va qozoq jadidlarining ma’rifiy merosi, ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy hamkorlik va ilmiy izlanishlarning bugungi ahamiyati keng muhokama qilindi.
ORIENTAL Matbuot xizmati


